"Metallurg" Osiyo chempionini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 1 yanvar, 2019, 13:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Akbar Ismatullaevdan keyin “Metallurg” yana bir iqtidorli o‘yinchi bilan rasman kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Osiyo chempioni bo‘lgan iqtidorli himoyachi Abbos Otaxonov “Metallurg” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. O‘tgan mavsum bekobodliklar safida ijara asosida to‘p surgan Otaxonov endilikda “Metallurg”ning to‘laqonli o‘yinchisiga aylandi.

Abbos Otaxonov 1995 yilning 25 avgustida tug‘ilgan. 23 yoshda. Ampluasi himoyachi. U 2015-2016-yilgi mavsumda “Paxtakor” jamoasida o‘ynagan. Huquqiy jihatdan paxtakorchilarga tegishli bo‘lgan Abbos 2017 yilni “Navbahor”, 2018 yilgi mavsumni esa “Metallurg” jamoalarida ijara asosida o‘tkazdi. To‘rtta mavsum davomida Otaxonov 40 ta uchrashuvda maydonga chiqib, 1 ta gol kiritgan. 10 marta ogohlantirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!