
"Milan" 150 millionga qaysi futbolchini oladi?
Italiya chempionatida yuqori o‘rinlar va Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan "Milan" tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni boshladi. Klub rahbariyati qishki transfer vaqtida tarkibni kuchaytirish uchun 150 million evro ajratdi.
"Milan" murabbiylari bu summaga birvarakayiga uchta hujumchi - "Sossuolo"dan Domeniko Berardi, "Fiorentina"dan Federiko Bernardeski va "Latsio"dan Balde Keyta va "Vilyarreal" himoyachisi Mateo Musachchioning transferini qo‘lga kiritmoqchi.
Ayni paytda "Milan" Italiya chempionatida 33 ochko bilan beshinchi pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar