
"Milan" "Arsenal" etakchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi
"Milan" Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aaron Remziga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli uelslik futbolchining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va tomonlar hozircha ushbu kelishuvni uzaytirishmadi. “Milan” esa ushbu imkoniyatdan foydalanib uni tekinga o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Remzi joriy mavsum “Arsenal” safida jami 4ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar