"Milan" "Chelsi"dan chegirma talab qilmoqda
Yaxshi bilasiz, Bakayokoning transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli va "aristokratlar" uni "Milan"ga bir mavsumga ijaraga berishgan edilar.
Football Italia xabariga ko‘ra, "rossonerilar" 24 yoshli futbolchini 25 mln evro evaziga sotib olishga tayyorlar. Frantsiyalik futbolchining tovon puli esa 40 mln evroni tashkil etadi va italiyaliklar "Chelsi"dan 15 mln evro chegirma qilinishini so‘ramoqda.
Ilgariroq esa "Milan" rahbariyati Bakayokoning harakatlaridan norozi ekanligi va uni yanvardayoq ortga qaytarmoqchi ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar