"Milan" Evropa ligasiga qaytdi
Avvalroq xabar berganimizdek, Sport arbitraj sudi (CAS) italiyaning "Milan" klubini evrokuboklarda ishtirok etishdan mahrum qilgan. Bunga sabab klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani bo‘ldi.
La Reppublica nashrining xabar berishicha, "rossonerlar" advokatalari CASga "Inter", "Manchester Siti" va PSJning moliyaviy feyr-pleydagi harakatlariga nazar solishlarini so‘rashgan. Sud appelyatsiyani tasdiqlagan.
"Milan" 2018/19 yildagi futbol mavsumida Evropa ligasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar