"Milan" Meksika terma jamoasi etakchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

  • 6 fevral, 2019, 10:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" klubi "Portu" yarim himoyachisi Ektor Errerani o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Sport Mediaset tarqatgan xabarga ko‘ra "rosonerrilar" 28 yoshli meksikalik futbolchining transferi borasida jiddiy qadam tashlashgan. Aniqrog‘i, ular futbolchining agenti Gabriel Moraes bilan kelishuvga erishishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Erreraning xizmatlariga “Inter” va “Roma” kabi A Seriyaning boshqa grandlaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Ektor Errera joriy mavsum Portugaliya chempionatida jami 20ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!