"Milan" himoyachisi kutilmaganda futbolchilik faoliyatini to‘xtatdi

  • 19.08.2018 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Milan" klubi himoyachisi Ivan Strinich kutilmaganda sog‘ligi sabab faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Xabarlarga qaraganda 31 yoshli xorvatiyalik futbolchida yurak bilan bog‘liq muammo kelib chiqqan va shu bois shifokorlar unga sport bilan shug‘ullanishni ta’qiqlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Strinich “rossonerilar” safiga joriy yoz erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!