"Milan" o‘ziga Argentinadan hujumchi topdi

  • 22 mart, 2018, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi hujumchisi Kristian Pavon “Milan”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Tuttosport tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 22 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni ko‘zlashmoqda. O‘z navbatida “Boka Xuniors” Pavonning transferidan 35 mln evro ishlab olmoqchi. “Milan” esa Pavonning transferiga qo‘shimcha sifatida avvalroq argentinaliklarning qiziqishiga sabab bo‘lgan himoyachi Gustavo Gomesni qo‘shishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Pavon joriy mavsum Argentina chempionatida jami 20ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!