Milliy olimpiya qo‘mitasida Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

24 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida MOQ bosh kotibi Jasur Matchonov, futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va jamoa futbolchilari Aziz Omonov, Husniddin G‘ofurovlar ishtirokidagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda olimpiya terma jamoasining BAA da o‘tkazilgan Dubai Cup turniridagi ishtiroki va jamoaning Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik masalalari muhokoama qilindi.

Ravshan Haydarov:

– Ushbu matbuot anjumanida ishtirok etishdan maqsad nafaqat turnir balki olimpiya terma jamoasining tayyorgarligi haqida ham ma’lumot berib o‘tmoqchimiz. Olimpiya terma jamoasiga juda katta e’tibor berilyapti. Ish jarayonini rejalashtirishda 2020 yilgacha strategik reja ishlab chiqqanmiz. 2019 yil boshidan olimpiya terma jamoasi uchun yig‘inlar tashkil etiladi. Bunda futbolchilarni saralab olish, o‘yinni shakllantirish bo‘yicha, ruhiy holat bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Nomzodlar ularning harakatlari, jismoniy ruhiy holati bo‘yicha tahlil qilib sekin-sekin bir qator ishlarni amalga oshirib boryapmiz. Dubai Cup musobaqasida yil davomida qilingan ishlarning samarasini ko‘rib olishga muvaffaq bo‘ldik. Musobaqada yaxshi saviyadagi jamoalar qatnashdi. Tarkib va o‘yinni shakllantirish bo‘yicha  yaxshi ishlar olib borildi.

photo_2018-11-24_14-24-21

Bu g‘alaba futbolchilarning ruhiy holati uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Terma jamoaning kelgasi rejalari haqida gapiradigan bo‘lsak, Superliga o‘yinlari o‘z yakuniga etgach, 10 dekabrdan yana yig‘inlarga kirishamiz. Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etuvchi  1-bosqichi Toshkent o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan Osiyo chempionatiga saralash turniridagi saralash turniriga jamoa tayyorgarligini kunma kun rejalashtirganmiz. Yanvar oyida Turkiya yig‘ini rejalashtirishgan. Fevral oyida esa Ispaniyadagi turnirda jamoa holatini Evropa klublari miqyosida tekshirib olmoqchimiz. Martda Osiyo chempionatiga saralash o‘yinlari o‘tkaziladi.

photo_2018-11-24_14-24-17

Osiyo o‘yinlarida 1997 yildan kichik bo‘lgan bir nechta futbolchilar ishtirok etishdi. Yig‘inlar doirasida yana bir necha futbolchilari jalb etildi. Ushbu terma jamoada Husniddin G‘ofurov, Bobir Abduxoliqov, Aziz G‘aniev kabi futbolchilar etakchilar qatorida bo‘lishadi.

Tanlov masalasi albatta qiyin. Chunki ko‘pchilik futbolchilarda xalqaro tajriba etishmaydi. Barcha futbolchilarga imkoniyat beramiz. Biz ikkinchi tarkibni yig‘ganda futbolchilarni shunchaki o‘ynatib jo‘natib yubormaymiz. Ularni biz psixologik, jismoniy testdan o‘tkazamiz. Ayni ana shu jarayon orqali futbolchilarni saralab olamiz. Shu paytgacha 165 ta futbolchini ko‘rikdan o‘tkazdik. Bundan tashqari, Zo’r TV tomonidan tashkil etilgan loyiha orqali ham biz murabbiylar bilan Chig‘atoyda bir nechta futbolchilarni ko‘rib oldik.

Talabimiz terma jamoada to‘p suruvchi har bir futbolchi asosiy tarkibda o‘ynashi kerak. Agar zaxiraga mixlansa, biz ularni jamoadan chetlashtiramiz. Men klub murabbiylari bilan doimiy muloqotdaman. Bunyodkorda ham bitta hujumchi o‘sib kelyapti. Dubaydagi musobaqada u o‘zini ko‘rsatdi. Ammo unga xalqaro tajriba etishmaydi.

Birinchi tarkibga 30-32 ta futbolchi saralandi. Endi buyog‘iga shu futbolchilar bilan o‘yinni saralash jarayoni olib boriladi. Ular bir-birini har tomonlama tushunishi muhim ahamiyatga ega.

Xorijdan kuchli murabbiy qidirish bo‘yicha ish ketayotgandir. Bundan xabarim yo‘q. Ammo reja ishlab chiqish bo‘yicha yuklatilgan vazifani to‘laligicha bajarayapman. Yangi murabbiy kelgan taqdirda ham unda yangi reja ishlab chiqish imkoniyati yo‘q. Keladigan murabbiyga har tomonlama yordam berishga tayyorman.

Aziz Omonov:

Dubaydagi turnir biz uchun yaxshi tajriba bo‘ldi. Kuchli jamoalarga qarshi qancha ko‘p o‘yin ko‘rsatsak, o‘zimizga yaxshi.

photo_2018-11-24_14-24-12

Ravshan Haydarov:

Biz bu turnirni tanlashdan yana bir maqsad yigitlarga musobaqada ishtirok etish tajribasini yana shakllantirish edi. Bunda ikki kunda bir marotaba o‘tkaziladigan o‘yinlarda futbolchilarni jismoniy tarafdan sinab olish. Bundan tashqari futbolchilarning ruhiy holatini ham sinovdan o‘tkazish. BAAdagi turnirdagi ba’zi o‘yinlarda hakamlar jamoaga qarshi bir necha qarorlar qabal qilishdi. Shu paytda futbolchining ruhiy holatini bir maromda saqlashi uchun foydali bo‘ldi.

Husniddin G‘ofurov:

Jamoada hamma hamjihatlikda harakat qilyapti. Ftubolchilar bir-biri bilan jamoa sifatida yaxshi tushunishyapti.   

photo_2018-11-24_14-24-08

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
24/11/2018 19:24
Хайдаров,узингиз ишлайверинг,жаа ишингиз юрушмаса ёнингизга иккита футболчини олиб Ахмаджоновдан кечирим сурайсиз тамом-вассалом.