Minole jarohat oldi
"Liverpul" klubi darvozaboni Simon Minole Belgiya terma jamoasi safida qo‘lidan jarohat oldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Shunday qilib Minole UEFA Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan Shotlandiya va Islandiyaga qarshi bahslarda Belgiyaga yordam bera olmaydi.
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp tajribali posbonning 15 sentyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsga qadar sog‘ayishiga umid qilmoqda. Aks holda u bu uchrashuvga yoshlar jamoasidagi Kamil Grabara yoki Kaomxin Kellexerlardan birini jalb etishga majbur bo‘ladi. Aytish kerakki, har ikkala darvozabon ham 19 yoshda.
Fikrlar