Minsk UEFA Superkubogi uchrashuvini o‘zida qabul qilmoqchi

  • 16 fevral, 2019, 20:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus futbol federatsiyasi 2021 yilgi UEFA Superkubok bahsini Minskdagi “Dinamo” stadionida o‘tkazish bo‘yicha UEFAga ariza topshirdi.

Tecno

2021 yilgi UEFA Superkubogi mezbonligi uchun shuningdek "Olimpiyskiy" (Xelsinki, Finlyandiya), "Uindzor Park" (Belfast, Shimoliy Irlandiya) va "Metallist" (Xarkov, Ukraina) stadionlari ham da’vogarlik qilishmoqda. Mezbon shahar nomi esa joriy yilning may-iyun oylarida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Belarus bundan avval ham Evro-2020 final bosqichi va UEFA Superkubogi-2020 o‘yinlari mezbonligi uchun kurash olib borgan edi. Biroq, ular har ikkala urinishda ham imkoniyatni boy berishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
16/02/2019 20:31
Бизи Тошкент ҳам қачон шунақа йирик ўйинларга мезбонлик қиларкин аааа