Mirjalol Qosimov: Shomurodovga aytmagan gapim qolmagan, ammo Rossiyada unga omad tilayman
Bugun Toshkentning “Bunyodkor” klubi davralar oralig‘ida o‘z tarkibiga qo‘shib olgan yangi futbolchilarni ommaga tanishtirdi. Bu haqda “qaldirg‘ochlar” ustozi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Biz ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Ushbu yig‘in davomida jismoniy tayyorgarlikka ko‘proq e’tibor qaratdik. Turli yoshdagi terma jamoalarimiz musobaqa va yig‘inlarimizda ishtirok etishmadi. Toshkentga qaytganimizdan so‘ng 2 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazdik. Klubga yangi jalb etgan futbolchilarga keladigan bo‘lsak, ularning aksariyati oldin o‘zimizda o‘ynagan yoki o‘zimizning tarbiyalanuvchilarimiz hisoblanadi. Ularning imkoniyatlarini bilganimiz uchun takribga qo‘shib olishga qaror qildik. Bu bilan jamoada raqobatni kuchaytirishni maqsad qilganmiz.
– Eldor Shomurodovning “Rostov”ga o‘tishi haqida...
– Men Eldorga yaxshi-yomon gapirdim, lekin qora ko‘zlar bo‘lgani uchun unga omad tiladim. Qolaversa, agar u O‘zbekistonga qaytadigan bo‘lsa, faqat “Bunyodkor”ga qaytish sharti bilan qo‘yib yubordik.
Eslatib o‘tamiz, mavsumning ikkinchi davrasidan Anvar G‘ofurov, Ilhomjon Qobilov, Shohruh Gadoev, Sardor Sobirxo‘jaev “qaldirg‘ochlar” safida to‘p suradi.



Fikrlar