"Monako" braziliyalik futbolchisini "Portu"ga ijaraga berdi
"Monako" himoyachisi Jorje Marko mavsumni "Portu"da o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda Portugaliya klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “Portu” 22 yoshli braziliyalik futbolchini bir mavsumga ijaraga olgan.
Ma’lumot uchun, Marko “Monako” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan vaqt ichida monakoliklar safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Braziliya terma jamoasi safida esa 1ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar