"Monako" futbolchisi mavsumni "Sent-Eten"da yakunlaydi

  • 31.01.2019 17:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" klubi yarim himoyachisi Yussef Ait-Bennasser mavsumni "Sent-Eten"da yakunlaydigan bo‘ldi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra "Sent-Eten" 22 yoshli marokashlik futbolchini mavsum yakunigacha ijaraga olgan.

Ma’lumot uchun, Ait-Bennasser joriy mavsum “Monako” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!