Moskvaning "Lokomotiv" klubi Iker Kasilyasga javob qaytardi
Bugun internetga ixtisoslashgan ko‘plab sport saytlarida ispaniyalik darvozabon Iker Kasilyasning "tvitter" ijtimoiy tarmog‘ida qo‘ygan posti o‘zbek futbol muxlislarining og‘zidan tushmayotgani sir emas.
Darvozabon post qoldirayotganda Moskvaning "Lokomotiv" klubini belgilayman, deb adashib Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini belgilab qo‘ygan edi. Ushbu holatga Moskva klubining rasmiy akkaunti javob qaytardi. Izohda klub rasmiy sahifasidan: "Moskvada ko‘rib turganimizdan mamnunmiz va maroqli sayr tilaymiz. Biroq bizning rasmiy akkauntimiz mana bunday . . . ", deya o‘zlarining rasmiy sahifasiga xeshteg keltirib o‘tgan keltirib o‘tgan.



Fikrlar