Mourino: Hisob-kitoblarim bo‘yicha MYu pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi

  • 8 noyabr, 2018, 13:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino EChL guruh bosqichi doirasida Turinda MYuning "Yuventus" ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Ajoyib o‘yin bo‘ldi desam adashmagan bo‘laman. Goldan so‘ng futbolchilar o‘zlarini anglashlari uchun yana 5 daqiqa kerak bo‘ldi. Tan olish lozim, bunday g‘alabadan millionlab insonlar xursand bo‘lishdi. Biroq, men "Yuventus"ning o‘yin darajasini va muxlislarini hurmat qilaman. MYu futbolchilari bilan g‘ururlanaman.

Biz ohirgi soniyalargacha harakat qilish kerakligini tushunib etdik. Uchrashuv "Yunayted"ning rejasi bo‘yicha davom etdi deb o‘ylayman. "Yuventus" katta qobiliyatga ega futbolchilardan tashkil topgan, Ronalduning goli va Bonuchchining uzatmasi meni lol qoldirdi.

Agar mening hisob-kitoblarim to‘g‘ri bo‘lib chiqsa biz pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz. "Yang Boyz"ga qarshi uchrashuvni mezbon sifatida o‘tkazamiz, "Old Trafford"dagi muxlislarga ishonamiz, - dedi Joze.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!