Mourino: Inglizlar uylariga boshlarini baland ko‘targan holda qaytishlari mumkin

  • 12 iyul, 2018, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino kecha JCh-2018 yarim finali doirasida bo‘lib o‘tgan Xorvatiya – Anliya (2:1) uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Men ushbu natijani ichki chempionati u qadar kuchli bo‘lmagan Xorvatiya uchun juda katta natija deb hisoblayman. Inglizlar esa bugun yig‘lashlari va shu bilan birga faxrlanishlari ham mumkin. Chunki, ularning jamoasi hali juda yosh va ular bu turnirda juda katta o‘sishga erishdilar. Ular uylariga boshlarini baland ko‘tarib qaytishlari mumkin.

Shaxsan men Sautgeytni o‘z lavozimida qoldirib, jamoani Evro-2020ga munosib tayyorlashi uchun imkoniyat berardim”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!