Mourino "MYu"da qoladigan va o‘ziga kerak bo‘lmagan futbolchilar nomini aytdi

  • 7 yanvar, 2017, 10:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino nihoyat germaniyalik legioner Bastian Shvaynshtaygerga imkoniyat berishini aytdi. Portugaliyalik mutaxassis Angliya kubogi doirasida "Reding"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda Bastianni o‘yinga tushirishni rejalashtirgan.
 
- Jamoada qolishni istamagan futbolchilarni ushlab o‘tirmayman, - dedi Joze Mourino. - Bastian yangi mavsumda bir necha daqiqa o‘ynadi xolos. Lekin u mashg‘ulotlarda qattiq ishlayapti va jamoada qolish uchun kurashyapti. U o‘z ustida ko‘p ishlayapti va men uni yaxshi futbolchi sifatida tan ola boshladim.
 
Shuningdek, Mourino jamoada Memfis Depay va Morgan Shneyderlen uning ishonchini oqlay olmaganini ham aytdi.
 
- Vaziyat o‘zygarmadi va men Depay va Shneyderlandan umidimni uzdim, - deydi Joze Mourino. - Klub bu ikki futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Lekin ular bo‘yicha boshqa jamoalardan jo‘yali taklif ham yo‘q.
 
Angliya kubogi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Reding" uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!