Mourino sobiq shogirdini "Old Trafford"ga olib kelmoqchi

  • 9 oktabr, 2018, 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino qishki transferlar davrida jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Tecno

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis bu borada ayni damda "Bornmut"da to‘p surayotgan “Chelsi”dagi sobiq shogirdi Natan Akeni ko‘z ostiga olib qo‘ygan.  Eslatib o‘tish lozimki, "Bornmut" Akeni 2017 yil “Chelsi”dan 23 mln evroga xarid qilgan edi.

Aytish lozimki Akega shuningdek "Tottenxem"dan ham qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Gap shundaki “shporlar” ushbu gollandiyalik futbolchini yozda jamoadan ketishi kutilayotgan himoyachi Tobi Alderveyreldga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!