Avval xabar berganimizdek, kuchli zarba va metin himoyaga ega bo‘lgan iste’dodli bokschimiz Murodjon Ahmadaliev (2-0-0)professional boksdagi uchinchi jangini 14 iyul kuni o‘tkazadi.
Murodjon AQShning Kaliforniya shtatidagi “Hollywood” arenasida argentinalik Luis Fernando Molina (7-4-1)qarshi ringga ko‘tariladi.
Professional ringda shu vaqtga qadar 12 ta jang o‘tkazgan o‘ttiz yoshli Luis o‘zining so‘nggi jangini 2017 yilning dekabr oyida o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.
Ertaga bo‘lib o‘tadigan jangda hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga omad tilab qolamiz.
Fikrlar