Muxlislar Galiulinni e’tirof etishmoqda
Dam olish kunlari Rossiya Birinchi divizionida 34-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan “Tosno” jamoasi o‘z maydonida “Spartak-2” klubini qabul qildi.
Mazkur bahsning 26-daqiqasida hamyurtimiz jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etib, hisobni ochgan edi. 82-daqiqada esa mehmonlar muvozanatni tikladi va o‘yin durang bilan xotima topdi.
O‘yindan so‘ng “Tosno” klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali “Tosno” safida mazkur bahsda eng yaxshi harakat qilgan futbolchilarni aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi.
E’tiborlisi, so‘rovnomada jami ovozlarning 33,5 % ni to‘plagan xolda mazkur bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fikrlar