Myuller: Hisob 1:2ligicha qolganidan hursandmiz
“Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller kecha bo‘lib o‘tgan “Real”ga (1:2) qarshi bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz hisobni 2:0ga etkazishimiz uchun qulay imkoniyatga ega edik, ammo penaltini ura olmadik. Bu paytgacha “Real”da darvozamizga gol kiritish uchun hech qanday imkoniyat bo‘lmagandi.
Tanaffusdan so‘ng esa biz biroz beparvolikka yo‘l qo‘ydik va evaziga darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Keyin esa bizda chetlatish yuz berdi. Yakunda esa biz hisob 1:2ligicha qolganidan hursand bo‘ldik. Endi Ispaniyada bu xatoimizni to‘g‘rilash imkoniyatiga egamiz”, - deydi Myuller klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Vidal: Vaziyatni to‘g‘rilash uchun “Bavariya”da yana 90 daqiqa bor

Fikrlar