Nainggolan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi

  • 29.08.2018 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi xavbeki Raja Nainggolan mushaklaridan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 30 yoshli belgiyalik futbolchi ayni damda umumiy guruh bilan birga shug‘ullanmoqda va u shanba kuni A Seriyaning "Bolonya"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsida maydonga tushishi mumkin. Aytish kerakki, ushbu o‘yin Nainggolan uchun “neradzurrilar” safidagi rasmiy debyut bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” Nainggolanni mavsumlar oralig‘ida 38 million evro evaziga “Roma”dan xarid qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!