"Napoli" etakchisi "Liverpul"ga o‘tishni istamayapti

  • 29.10.2018 17:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" klubi yarim himoyachisi Pyotr Zelinski  "Liverpul" safiga o‘tishni istamayapti. Bu haqda  Sunday Express nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 24 yoshli futbolchi tez orada neapolliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi va "San-Paolo"da yana bir necha mavsum to‘p surmoqchi.

Ma’lumot uchun, Zelinski joriy mavsum “Napoli” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Mersisaydliklar esa qishda uning uchun 68 mln evrodan voz kechishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!