"Napoli" futbolchisiga PSJ va "Barselona" qiziqib qoldi

  • 24.01.2019 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Napoli" klubi yarim himoyachisi Markes Allan Evropaning ikki grand klubi qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli braziliyalik futbolchini PSJ va "Barselona" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. O‘z navbatida neapolliklar ushbu futbolchining transferini 100 mln evroga baholashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Napoli” bu borada PSJning 70 mln evrolik taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Allan joriy mavsum 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!