"Nasaf" - "Paxtakor". Jamoalar ertaga qanday libosda o‘ynashadi? (foto)
Ertaga Pepsi Superligada 11-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Qarshining "Nasaf" klubi o‘z maydonida Toshkentning "Paxtakor"ini qabul qiladi.
Bugun har ikkala jamoa rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar ertangi o‘yinni qanday libosda o‘ynashlariga aniqlik kiritildi.
Demak, mezbonlar ushbu o‘yinni ko‘k rangdagi libosda o‘tkazsalar, "sherlar" ertaga o‘zlaring an’anaviy sariq rangdagi formalarida harakat qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" - "Paxtakor" o‘yini ertaga soat 18.30 da start oladi.



Fikrlar