“Nasaf” 16 yanvar kuni “Qizilqum” bilan o‘ynaydi
Qarshining “Nasaf” jamoasi ham ayni paytda yangi mavsumga hozirliklarni davom ettirmoqda.
Qarshiliklar yangi mavsum tayyorgarligiga 3 yanvar kunidan kirishgan edi. Jamoa qarorgohida ta’mirlash ishlari davom etayotgani bois, tayyorgarlik mashg‘ulotlari Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlar jamoasi qarorgohiga ko‘chirildi.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib borishmoqda. “Ajdarlar” jamoasi 16 yanvarga qadar o‘z qarorgohida shug‘ullanishadi. Yig‘in “Qizilqum”ga qarshi nazorat uchrashuvi bilan yakunlanadi. Mazkur uchrashuv Qarshida tashkil etiladi.

Fikrlar