"Nasaf" bugun milliy chempionatdagi 630-uchrashuvini o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Bugun, 14 may kuni “Markaziy” stadionda Pepsi Superliganing 12-tur doirasidagi “Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi bo‘ladi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga, 12-tur

“NASAF” – “NEFTChI”

14.05.2018. “Markaziy” stadion. 18:00

Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent)
Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent)
Komissar: Baxtiyor Namozov.

“Nasaf” – “Neftchi” jamoalari hozirgacha milliy chempionatda 42 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda qarshiliklar 18 marta g‘alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida - 58:49.

Mazkur jamoalar Qarshida o‘zaro 21 uchrashuvda maydonga tushishgan. Bo‘lib o‘tgan 14 uchrashuvda “Nasaf”ning qo‘li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg‘onaliklar g‘alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 57ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 38:19ni tashqil etmoqda. Ustunlik "ajdarlar" tomonida.

"Nasaf" bugun milliy chempionatdagi 630-uchrashuvini o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!