“Nasaf”ning bir yo‘la 5 futbolchisi MTJga taklif etildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni safarda Eron terma jamoasi bilan bahs yuritadi. Bungacha milliy terma jamoamiz 6 iyun kuni Toshkentda Tailand terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

MTJ bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarga 28 futbolchidan iborat tarkibni e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

28 futbolchi orasida “Nasaf” klubining besh a’zosi – Akmal Shorahmedov, Odil Hamrobekov, Azizjon G‘aniev, Farrux Sayfiev va Eldor Suyunov milliy terma jamoa tarkibiga taklif etildi. Bungacha Samvel Babayan “Nasaf”dan bir yoki uch nafar o‘yinchimizni terma jamoaga taklif etayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!