“Nasaf”ning bo‘lajak raqibi “Al-Fatex” haqida 10 ta fakt

  • 1 fevral, 2017, 09:17
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha Qarshining “Nasaf” klubi Osiyo Chempionlar ligasi(OChL) saralash bosqichi doirasida Bahrayn chempioni – “Al-Xidd” klubini tor-mor etdi va saralashning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda esa qarshiliklar Saudiya Arabistonining “Al-Fatex” jamoasi bilan o‘ynaydi. 7 fevralda bo‘lib o‘tuvchi mazkur bahsda g‘alaba qozongan jamoa guruh bosqichiga chiqadi. Biz esa shu munosabat bilan “Nasaf”ni oldinda kutib turgan raqib bilan imkon qadar tanishtirishga harakat qilamiz.

"Nasaf" - "Al-Xidd" uchrashuvidagi qiziqarli vaziyatlar | fotojamlanma

1. “Al-Fatex” 1958 yilning 8 oktyabrida tashkil etilgan bo‘lib Saudiya Arabistoning El-Xasa shahri sharafini himoya etadi;

2. Jamoa uzoq yillik tarixga ega bo‘lsada, yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatmagan.

3. “Al-Fatex” o‘z uy uchrashuvlarini 20 mingga yaqin tomoshabinga mo‘ljallangan “Qirol Abdulla” nomidagi stadionda o‘tkazib keladi;

4. Klub o‘tgan mavsumni tunislik Nasif Beyaui qo‘l ostida o‘tkazib, chempiontani 5-o‘rinda yakunlagan;

5. “Nasaf”ning bo‘lajak raqibi ikki bor Saudiya Arabistonida nufuzi jihatdan 3-o‘rinda turuvchi liga – Ikkinchi divizionda g‘olib chiqqan. Bundan tashqari jamoa mamlakatda nufuzi jihatidan 2-o‘rinda turuvchi – Birinchi divizionda ikki bor 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan;

6. Klubning eng yuqori natijasi esa 2012/13 yilgi masvumga to‘gri keladi. Jamoa o‘sha mavsum mamlakat chempioni bo‘libgina qolmay Superkubokni ham qo‘lga kiritadi;

7. “Al-Fatex” OChLda ikkinchi bor qatnashmoqda. Jamoa 2014 yilgi mavsumda ham OChLda qatnashgan. Biroq “Bunyodkor”, “Fulad” va “Al-Jaish” bilan bir gurhga tushgan “Al-Fatex” kurashni guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo‘ladi;

8. Jamoani ayni vaqtda tunislik Fathi Al-Jabal boshqarib bormoqda. Qayd etib o‘tish joiz, ushbu inson 2008-2014 yillarda ham “Al-Fatex”ga murabbiylik qilgan va jamoaning eng “gullagan” davri uning paytiga to‘g‘ri keladi;

9. “Al-Fatex” safida braziliya va portugaliyalik legioner futbolchilar bor ekanini ko‘rishimiz mumkin;

10.    Ushbu masvum “Al-Fatex” sira o‘ziga o‘xshayotgani yo‘q. Jamoa Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 14 jamoa orasida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Qirol kubogida esa 1/4 finalga chiqqan jamoa hozircha yurishini davom ettirmoqda. Shahzoda kubogida esa “Al-Fatex” ikkinchi raunddanoq kurashni to‘htatgan.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!