“Nasaf”ning etti nafar futbolchisi olimpiya terma jamoasiga chaqirildi

  • 09.10.2018 11:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining saralash bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichga tayyorgarlik yuzasidan 11-16 oktyabr kunlari Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Dastlabki yig‘inga “Nasaf”ning etti nafar futbolchisi taklif etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra Umidjon Ergashev, Ilhom Alijonov, Sherzod Nasrullaev, Sharof Muhitdinov, Bobir Abduxoliqov, Dilshod Saitov  va  Islom Rashidxonovlar OTJ yig‘inida ishtirok etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!