Natalya Semyonova Dubaydagi Gran-Pri turnirida nayza uloqtirishda oltin medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

 

Tecno

Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida engil atletika bo‘yicha Gran-Pri xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada 50ga yaqin davlatlardan 400dan ortiq paralimpiya sportchilari kuch sinashmoqdalar. Shular qatorida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasining 4 nafar sportchisi ham bellashuvlarda ishtirok etmoqda.

Musobaqaning dastlabki kuni Natalya Semyonova yadro uloqtirish bo‘yicha tashkil etilgan bahslarda 2-o‘rinni egallab kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Elbek Sultonov ham aynan yadro uloqtirish bahslarida 14,30 metr  natijasi bilan bronza medaliga loyiq ko‘rilgandi. Musobaqaning navbatdagi kunida Natalya Semyonova endi nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etib, 16,81 metr natijasi bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Demak, hozirgacha terma jamoamiz a’zolari hisobida bittadan oltin, kumush va bronza medallari mavjud. 26 martga qadar davom etadigan musobaqada hamyurtlarimiz hali yadro va disk uloqtirish bellashuvlarida ham kuch sinashadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!