
Natalya Vixlyantseva rossiyalik muxlislar ishonchini sindirdi
Rossiyalik tennischi Natalya Vixlyantseva "Volvo Car Open - 2018" musobaqasining ikkinchi davrasiga chiqa olmadi.
U turnirning birinchi davrasida germaniyalik Laura Zigemundga 5:7, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Charlstonda o‘tayotgan turnirning navbatdagi bosqichida Zigemund amerikalik Jennifer Bredi, yoki yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi kuch sinashadi.
Fikrlar