"Navbahor" Pro-liga ishtirokchisiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, Superligada birinchi bosqich yakunlangach orada qisqa muddatli tanaffus yuzaga keldi. Qolaversa yaqin bir necha kun FIFA kunlari bo‘lgani sabab jamoalar qisqa tanaffusga chiqishdi.
Bundan unumli foydalanish maqsadida musobaqa chempionligi uchun kurash olib borayotgan Namanganning "Navbahor" klubi Pro-Liga ishtirokchisi "Yozyovon-Lochinlari" jamoasiga qarshi o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda mazkur uchrashuv 7 sentyabr kuni Namanganda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar