
"Neftchi" ham Toshkentda yig‘in o‘tkazadi
2019-yilgi mavsumga yangilangan tarkib bilan tayyorgarlik ko‘rayotgan Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi «Xokim Kubogi» turnirining final baxsidan so‘ng qisqa ta’tilga chiqdi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra tayyorgarlik jarayonining navbatdagi bosqichi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Fevral oyida poytaxtda kechadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davomida 3 ta nazorat o‘yini o‘tkazilishi reja qilingan.
Rejaga ko‘ra, 12 fevral jamoa Toshkent shahrida yig‘iladi va ilk mashg‘ulotlar boshlanadi. 13 fevral kuni birinchi o‘rtoqlik o‘yini «Andijon» jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Oradan ikki kun o‘tib ya’ni 15 fevral sanasida «Buxoro» Bahrom Haydarov jamoasini galdagi raqibiga aylanadi. 18 fevral sanasida esa Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat baxsida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Fikrlar