Neymar "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi

  • 28.01.2019 10:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning PSJ klubi forvardi Neymar "Manchester Yunayted"ga qarshi EChL 1/8 final dastlabki uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 24 yanvar kuni “Strasburg”ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan 26 yoshli braziliyalik futbolchi “Old Trafford”da bo‘ladigan o‘yingacha sog‘aymasligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" – PSJ uchrashuvi 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum parijliklar safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va 20ta gol hamda 10ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!