Neymar bu mavsum APLda kim chempion bo‘lishi mumkinligini aytdi
Frantsiyaning PSJ klubi forvardi Neymar Angliya premer-ligasining bu mavsumida kim g‘olib bo‘lishi haqida o‘z taxminini bildirib o‘tdi.
“APLning kuchli to‘rtligiga qaysi jamoalar kirishi mumkin? Bu juda qiyin savol. Buni taxmin qilish ham qiyin. Menimcha "Manchester Siti" chempion bo‘ladi. "Manchester Yunayted" ikkinchi, "Chelsi" uchinchi va "Tottenxem" to‘rtinchi o‘rinni egallaydi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Fikrlar