Neymar to‘purarlik bobida Ronaldinoga etib oldi

  • 23 yanvar, 2017, 19:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya klubi tarkibida 2003-2008 yillar davomida to‘p surgan Ronaldino 207 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 94 marotaba ishg‘ol qilgan edi. Neymar Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Eybar" darvozasiga to‘p kiritib, o‘zining "Barselona"dagi 94 goliga mualliflik qildi. Buning uchun Neymarga 164 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Tecno
 
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar "Barselona" klubi to‘purarlari ro‘yxatida o‘z hamyurti Ronaldinoga etib oldi.

Neymar "Barselona"ning eng zo‘r o‘n to‘purari qatoriga qo‘shilishi uchun yana biroz vaqt kerak. Bu ro‘yxatni jami 481 ta gol urgan Lionel Messi boshqarmoqda. O‘ninchi pog‘onada turgan Xristo Stoichkov esa "Barselona"dagi sakkiz yillik faoliyatida 117 ta gol urgan.

Neymarning Braziliya terma jamoadagi ko‘rsatkichlari ham a’lo darajada. 24 yoshli futbolchi mamlakati bosh jamoasi uchun 75 ta o‘yinda 50 ta gol urgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Braziliya rekordchisi bo‘lgan futbol qiroli Pele hisobida 77 ta gol bor. Mutaxassislar Neymar tez orada Peleni ham ortda qoldirishini ta’kidlashmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!