
No‘’mon Hasanov: Bizni oldinda uchta murakkab o‘yin kutmoqda
Bundan biroz avval yakuniga etgan “Qo‘qon-1912” hamda “Qizilqum” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin biroz asabiy tarzda boshlandi. Tezkor gol o‘tkazib yubordik. Keyin esa vaziyatni o‘nglash uchun katta kuch sarflashga to‘g‘ri keldi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zimiz tomonga og‘dira oldik. Endi oldinda bizni uchta murakkab o‘yin kutib turibdi. Keyingi uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Bugun ular bizni qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik izhor etaman.
Fikrlar