No‘’mon Hasanov: Igor Taranni hali ko‘rasizlar

  • 31 mart, 2018, 21:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Superligasida 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezmonlar ustozi No‘’mon Hasanov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bugun derbi bo‘ldi. Haqiqiy jang bo‘ldi. "Navbahor" himoyaviy o‘ynab, qarshi hujumda o‘ynashini bilar edik. Bugun ham shunday o‘yin ko‘rsatishdi. Futbolchilarda bosim bo‘ldi. G‘alaba qozonib, muxlislarni xursand eta oldik. Bolalarga rahmat aytaman. Menga bugun futbolchilarimning kichik passlar bilan yaxshi o‘ynashgani yoqdi. 

"Navbahor"da 3-4 ta tez, kuchli futbolchilar bor, kelgusi o‘yinlarda ularga omad tilayman. 

"Navbahor"ni charchab qolishini kutdik. Tanaffusda tezkor Muhammadanas va Quvondiqni maydonga tushirdik. O‘yinni kuchaytirish uchun.

Birinchi taymda Tarandan yaxshi o‘yin namoyish etgan futbolchi ko‘rmadim.To‘pni o‘zida ushlab turishi yaxshi bo‘lganligi uchun, uni maydonga tushirdim. To‘g‘ri, so‘nggi 10 daqiqada u haqiqatdan ham charchab qoldi. Ammo,  hali Taranni ko‘rasizlar. 40-60 daraja bo‘ladi, uni o‘shanda ko‘rasizlar", - deb aytib o‘tdi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!