Nokautchi Shohjahon AQShdagi ilk jangi qachon bo‘lishini ma’lum qildi

  • 09.08.2017 17:35
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aslida Shohjahon Ergashev 4 avgust kuni meksikalik nokautchi Xorze Rodrigesga qarshi jang qilishi va bu bahs "Showtime" telekanali orqali namoyish etilishi kerak edi.

Professional boksda o‘nta jangining barchasini nokaut bilan yakunlagan Shohjahon Ergashev faoliyatida burilish yuz beradigan pallada turibdi. Iste’dodli bokschimiz ko‘pchilik charm qo‘lqop ustalari orzu qilgan AQShda faoliyat ko‘rtsatish uchun shartnomaga ega.

Nokautchi Shohjahon AQShdagi jangga bormasligi sababini aytdi

Biroq, Shohjahon SPORTS.uz axborot portaliga qo‘lidan qilingan operatsiyadan so‘ng jarohatdan hali to‘liq qutilmaganini inobatga olgan menejeri Oleg Bogdanov jangni qoldirishga qaror qilganini aytgandi.

Endi bokschimiz qachon ringga qaytishi ma’lum bo‘ldi. Shohjahonning SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishicha, AQShdagi birinchi jangini sentyabr oyning oxirida o‘tkazish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Hamyurtimiz AQShda mashhur murabbiy Abel Sanches bilan ishlash istagida. Ayni paytda Oleg Bogdanov bu masalani ijobiy hal qilish uchun muzokara o‘tkazmoqda.

Ma’lumki, Abel Sanches amaldagi jahon chempionlari Gennadiy Golovkin va Murat Gassievni shug‘ullantiradi.

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangining aniq muddati va raqibi haqidagi aniq ma’lumotlarni SPORTS.uz axborot portali orqali bilib oling!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!