Norinda ommaviy yugurish musobaqasi

  • 10 may, 2018, 17:44
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Namangan viloyatining Norin tumanida O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi hamda Norin tumani xokimligi hamkorlikda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi.

Yugurish masofasida maktab va kollejlarning 2000dan ziyod o‘quvchilari hamda 30 dan 70 yoshgacha faxriylar o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. O‘z yosh toifalarida sovrindor bo‘lganlarga qimatbaho sovg‘alar va diplomlar topshirildi.

Tadbir chinakam bayramona kayiyatda o‘tishiga mutasaddi tashkilotchilar katta hissa qo‘shgani tahsinga loyiq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!