
Norvegiya va Frantsiya terma jamoasi finalda o‘ynaydi
Bugun, 17 dekabr kuni Germaniyada xotin-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Chempionatning yarim finalida Norvegiya terma jamoasi Gollandiyani yirik 32:23 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Final yo‘llanmasi uchun o‘tgan bahsning yana bir uchrashuvida Shvetsiya va Frantsiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda frantsiyalik qizlar raqiblari ustidan 24:22 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida Norvegiya – Frantsiya bilan raqobatlashsa, Gollandiya Shveytsiya bilan uchinchi o‘rin bahslashadi.
Fikrlar