Nurmagomedov - Makgregor jangi sanasiga aniqlik kiritilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan oktagonda 6 oktyabr yoki 30 dekabr kuni Las-Vegasdagi (AQSh) turnirda uchrashishi mumkin.

—Hozirda ikkita sana bor — 6 oktyabr va 30 dekabr. Noyabrda men urushmayman, chunki Makgregor litsenziyasidan mahrum qilingan. U noyabrda Nyu-Yorkda bo‘ladigan turnirda qatnasha olmaydi. Umid qilamanki, jang oktyabrda bo‘ladi, chunki chempionlik kamari himoyasini cho‘zishni istamayman. Men UFCga har qanday raqib topib berishlarini aytdim. Agar menga boshqa raqib berishsa, Konor bo‘lmasa ham, men noyabrda urushishga tayyorman, — deydi Nurmagomedov TASS nashriga bergan intervyusida.

Makgregor Nyu-Yorkda bo‘ladigan turnirlarda ishtirok eta olmaydi. Sababi shtat atletik komissiyasi uni 4 aprel kuni avtobusga hujum qilgani uchun litsenziyasidan mahrum qilgan. Avtobusda o‘shanda Nurmagomedov ham bo‘lgan, biroq u va boshqa UFC jangchilariga zarar etmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!