Nurmagomedov va Makgregor jangiga hakamlar tayinlandi
UFC engil vazn toifasida chempionlik kamari sohibi rossiyalik Xabib Nurmagomedov va sobiq chempion irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi jangni boshqarib boradigan hakamlar brigadasiga aniqlik kiritdi.
Referi etib 47 yoshli Xerb Din tayinlandi. Bu jangdagi xizmati uchun u 1900 dollar miqdorida haq oladi. U jangni boshqarishda Derek Kliri, Sel D’Amato va Yunichiro Kamixo yordam beradi. Ularning har biri 1600 dollar ishlab olishadi.

Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi qarama-qarshilik 6 oktyabr kuni UFC 229 turnirining asosiy to‘qnashuvi hisoblanadi. Rossiyalik chempion va irlandiyalik sportchi “Ti-Mobayl-arena”da (Las-Vegas, Nevada shtati) kuch sinashadi.
Fikrlar