Nursulton Ro‘ziboev raqibini 1 raundda ag‘dardi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aralash yakkakurashlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev o‘zining navbatdagi jangini bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkazdi.

Ushbu to‘qnashuvda Nursultonga chechenistonlik Jangchuraev Axmat raqiblik qildi. Mazkur jangning 1-raundida hamyurtimiz raqibini nokautga uchratdi va navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Endi Nursulton 22 noyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “WEF GLOBAL 10” turnirida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga yo‘l oladi. Mazkur musobaqada u mezbonlar vakili Erbolot Omorzakov bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!