"Nyukasl" safiga yangi hujumchi keldi
"Nyukasl" klubi o‘zining rasmiy saytida "Vest Bromvich" forvardi Xose Salomon Rondonni o‘z safiga qo‘shib olgani haqida e’lon qildi.
Unga ko‘ra “qarg‘alar” 28 yoshli venesuellalik futbolchini bir mavsumga ijaraga olishgan va buning evaziga “Vest Bromvich”ga Duayt Geylni ijaraga berib yuborishdi.
Ma’lumot uchun, Rondon o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida 36ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar