OChL. "Lokomotiv"ning 1-turdagi raqibi "Al Taavon" ertaga o‘yin o‘tkazadi

  • 25.01.2017 13:31
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Lokomotiv" bu yilgi Osiyo chempionlar ligasining dastlabki turini safarda o‘tkazadi. "Temiryo‘lchilar" 20 fevral kuni Saudiya Arabistonida "Al Taavon" mehmoni bo‘lishadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Manbaning ma’lum qilishicha, bu jamoa hozir Saudiya chempionatida 15ta o‘yindan so‘ng 18 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, "Al Taavon" ertaga navbatdagi tur uchrashuvida "Al Raed" mehmoni bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:25da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!