OChL chempioni 4 mln, OFK Kubogi g‘olibi 1,5 mln dollar mukofot puli oladi

  • 8 yanvar, 2018, 10:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Yangi mavsumdan boshlab Osiyo Chempionlar ligasi va OFK Kubogi musobaqasi g‘oliblari uchun beriladigan mukofot pullari oshirildi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Bu haqida OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa tashkilotga a’zo barcha futbol federatsiyalariga yuborgan maktubida ma’lum qilgan. 

2018 yilda Osiyo Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan klub 4 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli oladi. OFK Kubogi g‘olibiga esa 1,5 million AQSh dollari taqdim qilinadi.

Shuningdek, Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa tomonidan yuborilgan maktubda OFK tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etayotgan jamoalarga taqdim qilinadigan mukofot pullari homiylar va hamkorlar tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar hisobiga muntazam ravishda oshirib borilishi ta’kidlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!