OChLga tayyorgarlik. "Lokomotiv"ning 2-turdagi raqibi g‘alaba qozondi

  • 11 fevral, 2017, 14:26
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

 

Kecha BAA chempionatining navbatdagi turida maydonga tushgan "Al Ahli" o‘z maydonida "Al Shabab"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda "Al Ahli" etakchisi Ahmad Xalil va jamoaning senegallik legioneri Makete Diop ikkitadan to‘p kiritib dublga erishdi.

Ahmad Xalil avvaliga 20-daqiqada penaltidan gol urdi, shuningdek 88-daqiqada ham o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Makete Diop esa 65 va 70-daqiqalarda gol urdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "Al Ahli" 38 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini 15 fevral kuni safarda "Hatta" klubiga qarshi o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Al Ahli" bellashuvi Osiyo chempionlar ligasi 2-tur doirasida 27 fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!